Muzokaralar davomida tomonlar O‘zbekiston Respublikasi havo hududidan foydalanish samaradorligini oshirish va uni modernizatsiya qilish, aeronavigatsiya xizmatlari sohasiga xalqaro standartlar hamda ilg‘or tajribalarni joriy etish, shuningdek, parvozlar xavfsizligi, raqamlashtirish va aviatsiya tarmog‘ining barqaror rivojlanishi yo‘nalishlaridagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qildilar.