description

Aeronavigatsiya muhandislari o‘z kasbiy mahorati va yangi g‘oyalarini namoyish etishdi

"O‘zaeronavigatsiya" Markazida parvozlarni radiotexnik ta’minlash va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘yicha mutaxassislar o‘rtasida "Kasbiy mahorat" tanlovi yakunlandi.

Tanlov ikki bosqichda o‘tkazildi: dastlab mintaqaviy darajada eng kuchli ishtirokchilar aniqlandi, so‘ng ular respublika finalida bellashdilar.

Tanlov ishtirokchilari nafaqat o‘z kasbiy bilimlarini namoyish etib, tanlov komissiyasi savollariga ishonch bilan javob berishdi, balki ish jarayonlarini raqamlashtirish bo‘yicha o‘z g‘oyalarini ham taqdim etishdi. Har bir ishtirokchi yuqori darajadagi tayyorgarlik, tashabbuskorlik va o‘z sohasini rivojlantirishga intilishni namoyish etdi.

Tanlov yakunida g‘olib va sovrindorlarga diplom va qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.

🥇1-o‘rin — Jigunov V.A., Raqamlashtirish va sun’iy intellekt departamenti
🥈2-o‘rin — Kruglov V.A., Samarqand HHB Markazi muhandisi
🥉3-o‘rin — Gilfanov E.R., parvozlarni radiotexnik ta’minlash kompleksi

G‘oliblarni tabriklaymiz va ularga yangi kasbiy yutuqlar tilaymiz!
 

Меню