description

Tadbirda IСAOning Yevropa va Shimoliy Atlantika mintaqasi davlatlari, xalqaro tashkilotlar va professional birlashmalar vakillari hamda "O‘zaeronavigatsiya" Markazi mutaxassislari ishtirok etmoqda.

Yig‘ilish doirasida aeronavigatsiya infratuzilmasini rivojlantirish, havo harakatini boshqarish xavfsizligi va samaradorligini oshirish, shuningdek, zamonaviy texnologiyalarni, jumladan, masofaviy dispetcherlik minoralari va havo harakatini boshqarish markazlarini joriy etish masalalari muhokama qilinmoqda.

ANSISG/9’da ishtirok etish mutaxassislarga xalqaro ekspertlar bilan tajriba almashish va aeronavigatsiya xizmati ko‘rsatish sohasidagi dolzarb yondashuvlar bilan tanishish imkonini beradi.
 

Меню