Ushbu aeronavigatsiya hamjamiyati 1999-yilda tashkil etilgan boʻlib, hozirda ushbu tashkilotga Oʻzbekiston, Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Rossiya, Qozogʻiston, Tojikiston va Qirgʻiziston vakillari kiradi.
“Yevroosiyo” Muvofiqlashtiruvchi kengashini yaratishdan maqsad – havodagi harakatini boshqarish sohasidagi davlatlar manfaatlariga daxldor muammolarni hal qilish va samaradorligini oshirish. Shuningdek, milliy aviatsiya ma’muriyatlari uchun havodagi harakatini boshqarish sohasida davlat tomonidan tartibga solish bo‘yicha kelishilgan takliflarni ishlab chiqish.
Ushbu tadbirda “O‘zaeronavigatsiya” Markazi DUK delegatsiyasi ham ishtirok etib, korxonaning asosiy faoliyati va rejalari bo‘yicha taqdimot qildi.