description

Ushbu tashkilot hozirda butun dunyo bo'ylab iste'molchilar manfaati uchun xavfsiz, ishonchli va tejamkor havo qatnovini targ'ib qilishda aviakompaniyalar o'rtasidagi hamkorlikning asosiy mexanizmi hisoblanadi.

Uchrashuv davomida IATA vakili tashkilotning hududiy navigatsiyani rivojlantirish va havo harakatini boshqarishning zamonaviy standartlarini joriy etish borasidagi faoliyati haqida taqdimot namoyish etdi.

Shuningdek, Kosolapov D.S. O‘zbekiston Respublikasida so’ngi yillarda erishilayotgan yutuqlar va aviatsiyani rivojlantirishga qaratilayotgan e’tiborni alohida ta’kidlab o’tdi.

Shu bilan birga, uchrashuv so’ngida kelgusidagi faoliyat va hamkorlik istiqbollari to’g’risida fikr almashildi.

Меню