description

 

Ushbu aeroport Zomin aholi punkti yaqinidagi tog‘ etaklarida qisqa muddatda qurilgan bo’lib, aerodrom 1200 metr asfaltlangan uchish-qo‘nish yo‘lagi hamda yo‘lovchilarga qulay sharoitda xizmat ko’rsatish uchun zarur bo’lgan aeroport majmuasi bilan jihozlangan.

Mazkur uchish-qo‘nish yo‘lagiga birinchi marotaba L 410 rusumli yangi havo kemasi kelib qo‘ndi.

Ilk parvozni amalga oshirishda “O‘zaeronavigatsiya” Markazi DUK parvoz axborot xizmati mutaxassislari ishtirok etishdi.

Kelgusida ushbu parvozlar yoʻnalishi Toshkent shahrini Zomin tumanidagi dam olish va turizm zonalari bilan yanada yaqinlashtirib turadi.

Xulosa qilib aytganda, yangi yo’nalish Zomin tog‘larining ixlosmand sayyohlariga qulay sharoit yaratadigan va Mustaqillik bayramiga Respublikamiz aholisi va mehmonlari uchun ajoyib sovg‘a bo‘ldi.

Меню