“O’zaeronavigatsiya” Markazi DUK tomonidan Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportidagi 1 va 2 sun’iy uchish va qo’nish yo’lagida Magnit kursi 2560 bo’lgan 2 ta ILS (DME) radio mayoq qo’nish tizimini o’rnatish ishlari yakunlanmoqda.
Mazkur ILS qo'nish uskunasi havo kemalariga qisqa masofalarda yo’nalish ko'rsatuvchi, tungi vaqtda yoki yomon ob-havo sharoitida uchish-qo'nish yo'lagiga yaqinlashish imkonini beruvchi aniq radionavigatsiya tizimi hisoblanadi.