Aeronavigatsiya – bu shaharlar va mamlakatlarni har kuni o'zaro nafaqat transport aloqalarini, balki butun dunyo bo‘ylab iqtisodiy barqarorlik, madaniy almashinuv va xavfsizlikni ham ta’minlab turadi. Shu sababli, bu sohadagi har bir qaror millionlab odamlar, kompaniyalar va butun davlatlar uchun g‘oyat muhim ahamiyatga ega bo‘ladi.
Toshkentda ICAO guruhining, o‘zida aeronavigatsiya xizmatlarining vakillaridan iborat ilg‘or mutaxassislar va aviatsiya sanoati ekspertlarini birlashtirgan, Yevropa mintaqasi Sharqiy qismida Marshrutlarni rivojlantirish bo‘yicha maxsus muvofiqlashtiruvchi nufuzli xalqaro kengashi — RDGE-SCM/2024 yakunlandi.
Shuni ta’kidlash joizki, mazkur yig‘ilish Markaziy Osiyo, Yevropa va boshqa mintaqalar mamlakatlari vakillarini havodagi harakatlarni tashkil etishga taalluqli eng muhim masalalarni hal qilish uchun bir joyda to‘pladi. Global muammolar va aviatsiyaning mintaqa iqtisodiy taraqqiyotidagi ahamiyati tobora ortib borayotgan hozirgi pallada RDGE-SCM/2024 uchrashuvi tajriba almashish, innovatsion yechimlar va strategiyalar uchun noyob platformaga aylandi. Markaziy Osiyo orqali havodagi tranzit transport oqimi 30 foizga ortgan hozirgi sharoitda vakillar milliy havo tizimlarini uyg‘unlashtirishdan tortib, aeronavigatsiyada yangi texnologiyalarni joriy etishgacha bo‘lgan dolzarb masalalarni muhokama qilib oldilar. Bunday o‘zgarishlar parvozlar uchun xavfsiz va ekologik shart-sharoitlarni yaratishga qaratilgan bo‘lib, bu ishtirokchi mamlakatlar uchun ustuvor masala hisoblanadi.
Qilingan qator takliflar, shu jumladan Yevropa, Buyuk Britaniya va Shimoliy Amerika mintaqalarini Sharqiy va Janubi-Sharqiy Osiyo, shuningdek Janubi-G‘arbiy Osiyo mamlakatlarini esa Shimoliy Amerika va Kanada mintaqasi bilan bog‘laydigan beshta yangi yo‘nalishni joriy etish bo‘yicha bitimga erishilishi muhokamalarning asosiy natijasi bo‘lib qoldi. Ushbu yangi yo‘nalishlar parvoz vaqtini qisqartirib, shunga mos tarzda atmosferaga zararli chiqindilar chiqarib tashlanishi kamaytiradi, hamda havo kemalarining yoqilg‘isi tejalishini ta’minlaydi. Manfaatdor mamlakatlar tomonidan ushbu tashabbuslar qo‘llab-quvvatlanishi bildirildi, hamda takliflarni bo‘lajak implementatsiya uchun ICAO HHB marshrutlari katalogiga kiritish to‘g‘risida qarorlar hozirdanoq qabul qilib qo‘yildi.
Kun tartibiga kiritilgan yana bir muhim masala Toshkent, Oqto‘be va Chimkent (Qozog‘iston) HHB markazlari aro muvaffaqiyatli joriy etilgan OLDI bayonnomasi bo‘yicha ovozsiz muvofiqlashtirish masalasi bo‘ldi. Bunday texnologiyalar markazlar aro ma’lumotlar almashinuvi jarayonlarini avtomatlashtirish va uyushgan tarzdagi o‘zaro tezkor faoliyatni yanada yaxshilashga yordam beradi.
Eshelonlashtirish jarayonlari, ayniqsa Markaziy Osiyo mintaqasi uchun mo‘ljallangan, hamda balandlikka pog‘onalarsiz ko‘tarilish va pasayishni(SSO/CDO) joriy etishni o‘z ichiga olgan, Project 30/10 loyihasi doirasida uyg‘unlashtirish bo‘yicha munozaralar kengashning yana bir muhim qismi bo‘lib qoldi. Balandlikka pog‘onalarsiz ko‘tarilish va pasayishlar havo kemalarining, yoqilg‘i sarfi minimal bo‘lgan, optimal balandliklarda uchish imkonini beradi. Bu aviatsiya yoqilg‘isi sarfini kamaytirib, bu o‘z navbatida atrof muhitga is gazi chiqarib tashlanish miqdorini kamaytiradi.
Shuningdek, marshrutlarni yanada samaraliroq rejalashtira bilish, hamda parvozlarning moslashuvchanligini ta’minlash uchun traektoriyani boshqarishga (TBO) yangicha yondashuvlar ham muhokama qilindi.
Bundan tashqari, ishtirokchilar Yevrohududga mansub mamlakatlarda allaqachon faol qo‘llanilib kelayotgan, kross-chegaraviy erkin marshrutlash (FRA) projoriy etish tashabbuslarini ko‘rib chiqdilar. Ushbu texnologiyadan foydalanish havo yo‘laklarining haddan ziyod yuklanganligini kamaytirib, bu nafaqat navigatsiyani osonlashtiradi, balki parvoz vaqtini va atrof muhitga salbiy ta’sirlarni ham kamaytira oladi.
O‘z navbatida IATA FPL-2012 parvozlar rejalarini qayta ko‘rib chiqish tashabbusi bilan chiqdi, bu esa ma’lumotlar tuzilishini yanada yaxshilab, xavfsizlikni oshirish imkonini beradi.
Uchrashuv davomida havo trassalarining yangi sarhadlari bo‘yicha 60 dan ortiq takliflar taqdim etilib, ular o‘ziga qo‘shimcha ishlov berilishini talab qiladi. Ushbu loyihalar ishtirokchi mamlakatlarning, zamonaviy muammolarga javob beradigan, hamda havo hududining barcha foydalanuvchilari uchun shinamlik va xavfsizlikni ta’minlay oladigan, barqaror va mustahkam aeronavigatsiya infratuzilmasini qo‘llab-quvvatlab turishga bo‘lgan umumiy manfaatdorligini namoyish etadi.
Xulosa qilib dadil aytish mumkinki, RDGE-SCM/2024 uchrashuvi unda ishtirok etgan mamlakatlarning aviatsiya sohasidagi xavfsizlik, samaradorlik va ekologiyaga mansub ko‘rsatkichlarni yanada yaxshilash maqsadida hamkorlik qilishga ixlosmand ekanligining yaqqol tasdig‘i bo‘ldi. Birgalik amalga oshirilayotgan ushbu sa’y-harakatlar aeronavigatsiyaning, zamonaviy texnologiyalar va o‘zaro qo‘llab-quvvatlov butun dunyo bo‘ylab millionlab yo‘lovchilar uchun havo bo‘ylab sayohatlarning shinamligi va xavfsizligini ta’minlashga yordam bera oladigan, barqaror kelajagi uchun mustahkam zamin shakllantiradi.