Tanlov 2026-yil 28-iyul kuni «O‘zaeronavigatsiya» Markazining O'quv-mashq majmuasida bo‘lib o‘tadi.
📍 Manzil
Nomzodlarga talablar:
✅ yoshi 21 dan yuqori bo‘lishi;
✅O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi;
✅o‘zbek, rus va ingliz tillarini bilishi;
✅«Havodagi harakatni boshqarish» yo‘nalishi bo‘yicha kunduzgi ta’lim diplomi;
✅ ICAO shkalasi bo‘yicha 4 yoki undan yuqori darajadagi aviatsiya ingliz tili sertifikati.
Ro‘yxatdan o‘tish uchun 27-iyulga qadar hr.uzaeronavigation.com saytidagi anketani to‘ldirib, quyidagilarni yuklash kerak:
👤shaxsni tasdiqlovchi hujjat;
🤩baholar qaydnomasi ilova qilingan diplom;
📄ICAO shkalasi bo‘yicha 4 yoki undan yuqori darajadagi sertifikat.
❗️Xorijiy oliy ta’lim muassasalarining bitiruvchilari diplom nostrifikatsiyasidan muvaffaqiyatli o‘tganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni ham taqdim etishlari shart.
Saralash bosqichlari:
- Ro‘yxatga olish va brifing.
- Nazariy bilimlarni sinovdan o‘tkazish.
- Aviadispetcherlik trenajyorida amaliy ko‘nikmalarni tekshirish.
2026-yil 27-iyulga qadar anketani to‘ldirmagan nomzodlar tanlovga kiritilmaydi.