description

Fasllar almashinishi, o’z o’zidan iqlim sharoitining o'zgarishi va yomon ob-havo sharoiti yuzaga kelishiga sabab bo’ladi.

Aviatsiya sohasining muhim yo’nalishlaridan biri meteorologiya bo’lib, u atmosferani o'rganuvchi, yer atmosferasi va unda sodir bo'ladigan fizik jarayonlarni tahlil qiluvchi fandir.

XX asr ikkinchi yarmida axborot texnologiyalari jadallashuvi va Yer atmosferasini fazodan kuzatish imkoni paydo boʻlishi ortidan ob-havo bashoratida katta taraqqiyot sodir boʻldi.

Yomon iqlim sharoitlariga qaramay sifatli aviaqatnovlarni amalga oshirishda albatta Havo harakatini boshqarish dispetcherlarining bilmi va ziyrakligi zarur bo’ladi.

Bunday vaziyatlarda HHB dispetcherlari tomonidan meteorologik ma'lumot, tahlil, prognoz va boshqa har qanday aslidagi yoki kutiladigan meteorologik sharoitlarga tegishli bo‘lgan bildirishlar, meterologik kuzatish jarayonida — bir yoki bir nechta meterologik elementlarni baholash, ko‘rinuvchanlik qiymatlari 2000 m va undan kam yoki bulutlarning quyi chegarasining balandligi — 200 m va undan past, ularning umumiy soni 3-4 oktantdan (SCT) yuqori bo‘lgan holatlarda to'g'ri qaror qabul qilib, havo kemasi komandirlariga ma'lumotlarni yetkazishda amaliy yordam ko'rsatishdan iboratdir.

Меню