description

Mazkur seminarda ICAO tashkilotining Yevropa va Shimoliy Atlantika mintaqasi davlatlari, xususan, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Rossiya Federatsiyasi, Tojikiston, Latviya va Moldova davlatlaridagi vakillari ishtirok etishdi. Ozbekiston Respublikasi delegatsiyasi tarkibidaOzaeronavigatsiyaMarkazi DUK mutaxassislari V.Yu.Podkovin hamda A.I.Djumaev ishtirok etishdi.

Tadbir davomida Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti ICAO hamda aeronavigatsiya va havo harakatini boshqarish xizmatlarini koʻrsatuvchi Yevropa provayderi “Eurocontrol” hisobotlari tinglandi.

Aeronavigatsiya xizmatlarini joriy etishni qoʻllab quvvatlovchi ICAO guruhining toʻrtinchi yigʻilishi yuzasidan qisqacha sarhisob qilindi, shu bilan birga uchuvchisiz uchish tizimlarining parvozlarini tashkil etish va amalga oshirish tartiblari, parvozlar xavfsizligini boshqarish tizimlari faoliyatiga oid masalalar muhokama etildi.

Uchrashuv songida OzaeronavigatsiyaMarkazi DUK mutaxassislari Zvartnots (Yerevan) aerodromiArmaeronavigatsiyaHavo harakati xizmati markaziga tashrif buyurishdi. Delegatsiya azolari Havo harakatini boshqarish zali hamda aviadispetcher minorasining jihozlari vaArmaeronavigatsiyamasuliyat zonasidagi havo kengligini tashkil etish tartib-qoidalari bilan yaqindan tanishdilar.

Меню