Bugun jonajon diyorimizning barcha tuman, shahar-u mahallalarida eng ulug‘, eng aziz bayramimiz — Mustaqilligimizning 35 yilligi nafasi ufurmoqda.
Mamlakatimiz taraqqiyotiga o‘z hissasini qo‘shayotgan barcha sohalar qatori bugun transport tizimida xizmat qilayotgan ming-minglab yurtdoshlarimiz ko‘ksida faxr-u iftixor jo‘sh urmoqda.
Yangi O‘zbekistonning rivojlanish yo‘lida soha vakillari ham o‘z ulushi bilan ildam borayotgani, barcha niyatlar va intilishlar Vatan taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shish orzusini ro‘yobga chiqarishga qaratilgan maqsadlar bilan mushtarakdir.
Zero, Mustaqilligimiz 35 yilligi bosh g‘oyasida aytilganidek, Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!
Mustaqilligimizning 35 yilligi muborak bo‘lsin!