description

“Oʻzaeronavigatsiya” Markazi DUK aviatsiya sohasidagi barcha xodimlarni Xalqaro havo harakatini boshqarish dispetcherlari kuni bilan samimiy muborakbod etadi!
Hamisha ziyrak bo'lib, ham aqliy ham jismoniy kuch bilan birga har qanday sharoitda xatoga yo'l qo'ymaslik HHB dispetcherlariga xos xususiyatdir.
HHB dispetcherlari hamisha Vatanimiz osmonida parvozlar xavfsizligi va muntazamligini ta’minlash bo‘yicha eng muhim vazifalarni bajarib kelayotgan qahramonlardir. 
Fursatdan foydalanib barcha HHB dispetcherlariga sihat-salomatlik, oilaviy baxt, farovonlik, mashaqqatli mehnatlarida samarali hamda bexatar parvozlar tilaymiz.

Меню