“O‘zaeronavigatsiya” Markazi uchuvchisiz uchish apparatlari (UUA) bilan ishlovchi foydalanuvchilar uchun yangi ATM: Safe Sky raqamli xizmatini taqdim etadi.
Xizmatning veb-versiyasi orqali arizalarni onlayn rasmiylashtirish, zarur ma’lumotlarni olish va UUA faoliyatini yagona platformada boshqarish mumkin.
ATM: Safe Sky imkoniyatlari:
🔹 Parvoz uchun ariza berish — hujjatlarni onlayn rasmiylashtirish.
🔹 UUA va uchuvchilar reyestri — uchuvchisiz apparatlar hamda ularning uchuvchilari haqidagi ma’lumotlarni ro‘yxatdan o‘tkazish va boshqarish.
🔹 Parvozlar hisobi — parvoz soatlari va statistikani kuzatib borish.
🔹 Interaktiv xarita — UUA harakatini real vaqt rejimida kuzatish.
🌐 ATM: Safe Sky:
app-safesky.uzaeronavigation.com