Bugun, 9-sentabr kuni Toshkent shahrida CANSO Eurasia ANSP’s Summit o‘z ishini boshladi.
Kun tartibidan havodagi harakatni boshqarish (ATM), aloqa, navigatsiya va kuzatuv (CNS) tizimlarini rivojlantirish, sun’iy intellektdan foydalanish, Green ATM, havodagi harakat oqimlarini boshqarish hamda havo makonidan samarali foydalanish masalalari o‘rin olgan.