Fuqaro aviatsiyasida xavfsizlik va samaradorlikning eng yuqori standartlarini ta’minlash maqsadida “O‘zaeronavigatsiya” Markazi DUK va “O‘zaviatsiya” Agentligi xodimlari parvozlar tartibini loyihalash bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlarning ikkinchi bosqichini muvaffaqiyatli yakunlashdi.
Amaliy mashg'ulotning ushbu bosqichi, xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti (ICAO) tavsiyalariga muvofiq tashkil etilgan ushbu amaliy mashg‘ulot bosqichi aerodrom hududida havo kemalarini manyovr qilish bo‘yicha PANS-OPS RNAV tartib-qoidalarini ishlab chiqish bo‘yicha soha vakillarini chuqur o‘qitishga qaratilgan.
Joriy yilning 29-apreldan 15-mayga qadar Boku shahrida o‘tkazilgan o’quv kursini, yetakchi xalqaro mutaxassis, “Azeraeronavigasiya” HHB Aeronavigatsiya axborot markazi rahbari Aleksandr Estrov olib bordi.
O‘qishning ikkinchi bosqichini muvaffaqiyatli tamomlagan “O‘zaeronavigasiya” Markazi DUK va “O‘zaviatsiya” agentligi vakillariga ICAOning eng so‘nggi standartlari va tavsiyalariga muvofiq parvoz tartib-qoidalarini loyihalashtirishga malakasi va tayyorligini tasdiqlovchi xalqaro sertifikatlar topshirildi.
“O‘zaeronavigasiya” Markazi DUKning xavfsiz va samarali aviatsiya sohasida yetakchi sifatidagi mavqeini mustahkamlashni davom ettirgan holda yaqin kelajakda keyingi bosqichlar rejalashtirilgan.