description

Oʻzbekiston aviatsiya xodimlari Kasaba uyushmasi Respublika Kengashi tomonidan, Aviatsiya korxonalari oʻrtasida koʻrik-tanlov bo'lib o'tdi.

22.08.2022

 

Joriy yilning 18-19-avgust kunlari Oʻzbekiston aviatsiya xodimlari Kasaba uyushmasi Respublika Kengashi tomonidan, Aviatsiya korxonalari oʻrtasida Mehnat muhofazasi (MM) boʻyicha jamoat nazoratini sifatli tashkil etish yuzasidan koʻrik-tanlov bo'lib o'tdi.

Mazkur tanlovda “MMni tashkil etish boʻyicha eng yaxshi korxona” nominatsiyasida "O'zaeronavigatsiya" Markazi DUK birinchi oʻrinni egalladi.

 

 

“Kasaba uyushmasi qo'mitasining MMni tashkil etish boʻyicha eng yaxshi komissiya” nominatsiyasida "O'zaeronavigatsiya" Markazi DUKning Kasaba uyushmasi qo'mitasi birinchi oʻrinni egalladi.

Shuningdek Kasaba uyushmalarining MM boʻyicha vakillari o'rtasida bo'lib o'tgan musobaqada faxriy o'rinlarni egallagan g'oliblar aniqlandi.

 

 

“MM boʻyicha eng yaxshi vakil” nominatsiyasining 1-guruhidan:

1-  oʻrin Nurimov. R "O'zaeronavigatsiya" Markazi DUK ma'muriyati,

2- oʻrin Fayziyev. F "O'zaeronavigatsiya" Markazi DUK Buxoro boʻlimi,

3 oʻrin Andruxov.A "O'zaeronavigatsiya" Markazi DUK Termiz boʻlimi,

“MM boʻyicha eng yaxshi vakil” nominatsiyasining 2-guruhidan:

2- oʻrin Aynulina. L "O'zaeronavigatsiya" Markazi DUK Qarshi boʻlimi,

Faxriy diplom bilan Levkin.R "Havo hududidan foydalanishni boshqarish yagona tizimi Bosh markazi fuqaro sektori" taqdirlandilar.

O'zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi “MM boʻyicha eng yaxshi vakil” tanlovi sovrindori Yakubov.A "O'zaeronavigatsiya" Markazi DUK Urganch boʻlimidan, musobaqa komissiyasi aʼzosi sifatida ishtirok etdi.

 

Меню