Markazning innovatsion loyihalari taqdim etildi, asosiy xalqaro hamkorlar va tarmoq tashkilotlari bilan uchrashuvlar o‘tkazildi, aeronavigatsiya xizmati ko‘rsatish va havo hududini modernizatsiya qilish sohasida hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.
Radar Vectoring dasturi bo‘yicha mutaxassislarni o‘qitish bo‘yicha Entry Point North bilan shartnoma imzolanishi, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi aeronavigatsiya tizimini rivojlantirishning yangi loyihalari va istiqbollari muhokama qilinishi ko‘rgazmaning amaliy natijalaridan biri bo‘ldi.