description

Parvozlar xavfsizligi darajasini yanada oshirish va raqamli texnologiyalarni rivojlantirish maqsadida “O‘zaeronavigatsiya”Мarkazida potensial xavf-xatar va tahdidlarni uzluksiz aniqlash, baholash, kuzatish hamda nazorat qilish tizimi – Risk Management System (RMS) yo‘lga qo‘yildi.
 
Yangi tizim quyidagi imkoniyatlarni taqdim etadi:
 
🔹 potensial tahdid va xavf-xatarlarni o‘z vaqtida aniqlash;
🔹 ularning yuzaga kelish ehtimoli va bo‘lishi mumkin bo‘lgan oqibatlarini baholash;
🔹 real vaqt rejimida monitoring olib borish;
🔹 katta hajmdagi ma’lumotlarni qayta ishlash va tahlil qilishni avtomatlashtirish;
🔹 xavf-xatarlarni kamaytirish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish va ularning bajarilishini nazorat qilish;
🔹 intellektual algoritmlar yordamida inson omili ta’sirini minimallashtirish;
🔹 o‘zgarishlarni uzluksiz nazorat qilish va boshqaruv qarorlarini qabul qilishni qo‘llab-quvvatlash.
 
RMSni joriy etish parvozlar xavfsizligini boshqarish jarayonlarini takomillashtirish, yuzaga keladigan xavf-xatarlarga tezkor munosabat bildirish hamda Markazning raqamli infratuzilmasini yanada rivojlantirishga qaratilgan.
 
Tizim “O‘zaeronavigatsiya”Markazning Raqamlashtirish va sun’iy intellekt departamenti tomonidan ishlab chiqilgan.

Меню