“O‘zaeronavigatsiya” Markazi DUKda xalqaro hamkorlikni rivojlantirish doirasida Xalqaro havo transporti assotsiatsiyasi (IATA) vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. IATA delegatsiyasiga Markaziy Osiyo boʻyicha mamlakat menejeri Rizvan Siddiqiy boshchilik qildi. Ta'kidlash joiz, bu uning lavozimiga tayinlanganidan beri Oʻzbekistonga birinchi tashrifi boʻldi.
Tashrifdan koʻzlangan maqsad — “Oʻzaeronavigatsiya” Markazi DUK va IATA oʻrtasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish istiqbollarini muhokamasidir. Uchrashuvda tomonlar hamkorlik doirasida amalga oshirilayotgan joriy qo‘shma loyihalarni muhokama qilishdi va aeronavigatsiya bilan bog‘liq asosiy masalalar bo‘yicha maslahat yordami muhimligini ta’kidlashdi.
Aeronavigatsiya vositalarini yig‘ish va bu boradagi jarayonlarni optimallashtirish masalasiga alohida e’tibor qaratildi. “O‘zaeronavigatsiya” Markazi DUK va IATA vakillari ko‘rsatilayotgan xizmatlar samaradorligini oshirish, shuningdek, xalqaro standartlarga javob beradigan ilg‘or tajribalarni joriy etish bo‘yicha o‘zaro hamkorlikni kuchaytirishdan o‘zaro manfaatdorlikni bildirishdi.
Ushbu hamkorlik O‘zbekiston aviatsiya sohasini rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlarni ochib beradi, bu esa parvozlar sifati va xavfsizligini oshirish, shuningdek, xalqaro havo qatnovi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish imkonini beradi.
Uchrashuv konstruktiv ruhda o‘tdi va uning yakunida tomonlar innovatsion yechimlarni amaliyotga tatbiq etish va jahon tajribasidan samarali foydalanishga alohida e’tibor qaratgan holda hamkorlikni davom ettirishga ishonch bildirishdi.