"O'zaeronavigatsiya" Markazi DUK tomonidan Toshkent xalqaro aeroportidagi TOWER bino fasadining ta'mirlash ishlari yakunlandi va yangi o'rnatilgan ILS (instrument landing system) tizimi ishga tushirilishi kutilmoqda.
Ma'lumot uchun, Tower minorasining balandligi 54 metr bo'lib, oxirgi marta 2010 yilda bo'yoqdan chiqarilgan. Hozirda fasad qismi ta'mirlanib, minora atrofiga zamonaviy yoritgichlar o'rnatilgan.

Ushbu minorada HHB dispetcherlari 24/7 uzluksiz "Delivery”, “Ground Control” va “Tower” punktlarida havo harakatini boshqaradilar.

Ya'ni havo kemasi ekipaji uchishga tayyorlanishidan boshlab yer sathidan ko'tarilishi, havo bo'shlig'ida harakatlanishi, ILS (instrument landing system) tizimining radio to'lqinlari orqali uchish-qo'nish yo'lagiga kirishi va manzildagi to’xtash joyiga yetib kelishiga qadar boshqariladi.
