Samarqand xalqaro aeroportidagi TOWER minorasining balandligi 35 metrni tashkil etadi. Bino fasadi keramik va granit plitalar bilan qoplandi hamda atrofiga zamonaviy yoritgichlar o’rnatildi.
TOWER va Yaqinlashuv dispetcherlik punkti minoralarida havo harakati dispetcheri kechayu kunduz havo harakatini nazorat qiladi. Ya'ni, havo kemasini boshqarish uni parvozga tayyorlash vaqtidan boshlab to uchish-qo'nish yo’lagiga qo’nib, havo kemalari turar joyiga yetib borguniga qadar amalga oshiriladi.

Ayni vaqtda Samarqand hududiy bo’linmasida 100 dan ziyod HHB mutaxassisi hamda radiotexnik va aloqa vositalarini qo’llash bazasining muhandis xodimlari o’z ish faoliyatini olib bormoqda.
Samarqand shahridagi havo harakatini boshqarishning avtomatlashtirilgan tizim markazi hududi 155 577 km2 ni tashkil etadi. Markaz o’z ichiga Termiz shahridagi yordamchi viloyat markazi hamda 5 nafar aerodromni (Samarqand, Buxoro, Navoiy, Qarshi va Termiz) oladi, shu bilan birga 11 nafar radiolokatsiya stantsiyasilaridan ma'lumotlar qabul qiladi.
Samarqand tumani PMM (parvoz ma’lumotlari mintaasi) hududi orqali umumiy uzunligi 12 ming 810 km boʻlgan 19 ta havo yoʻllari va qoʻshni davlatlar bilan 18 ta havo yoʻlaklari oʻtadi.
Bugungi kunga kelib parvozlar xavfsizligi yanada samarali tashkil etilishi uchun Samarqand hududiy bo’linmasidagi “Parvozlarni radiotexnik ta'minlash” vositalari to'liq zamonaviy uskunalarga almashtirilib, foydalanishga topshirildi.
