Ushbu tanlovda umumiy 15 nafar bitiruvchi ishtirok etdi. Tanlov natijalariga ko‘ra 5 nafar bitiruvchi tanlovning barcha bosqichlaridan, shu jumladan ingliz tilini bilish darajasini baholash bo’yicha og’zaki sinovdan ham muvaffaqiyatli o‘tdi hamda ishga joylashish uchun navbatga qo‘yildi.
“O‘zaeronavigatsiya” Markazi DUK jamoasi Atamuratov Elyor, Dusmuratov Xasanjon, Pulatov Jasurbek, Kaliknazarov Shaxzad va Muxtorov Hojiakbarni tanlovdan muvaffaqiyatli o‘tganliklari bilan tabriklaydi va muvaffaqiyatlar tilaydi!