Joriy yilning 27-fevralidan 3-martiga qadar, Ozarbayjon va Oʻzbekiston aeronavigatsiya xizmati provayderlari oʻrtasidagi ikki tomonlama hamkorlikka binoan, Aeronavigatsiya axborot xizmati hamda Havo harakatini tashkil etish sohasidagi mutaxassislar oʻrtasida konsultatsiya va tajriba almashish kelishilgan.
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti (ICAO) tomonidan Oʻzbekiston aviatsiya sohasida o’tkazilishi rejalashtirilayotgan auditga tayyorgarlik koʻrish doirasida bir qancha dolzarb masalalar, jumladan, parvozlar xavfsizligini talab darajasiga to’g’ri kelishi, xodimlarni kasbiy tayyorlash, parvozlar xavfsizligini sifatli taʼminlash, aeronavigatsiya axborotini taqdim etishda zamonaviy usullarni joriy etish hamda xalqaro aeronavigatsiya ehtiyojlari uchun taqdim etilayotgan xizmatlar sifatini oshirish kabi masalalar muhokama etilishi rejalashtirilgan.