description

“O‘zaeronavigatsiya” Markazi DUK D-ATIS (Digital Automatic Terminal Information Service) tizimini joriy etgan holda O‘zbekiston aviatsiya infratuzilmasiga ilg‘or texnologiyalarni faol joriy etishda davom etmoqda. Ushbu yangilik uchuvchilar va aviadispetcherlar o'rtasidagi o'zaro hamkorlikni tashkil etish yondashuvini tubdan o'zgartiradi, bu esa ovozsiz aloqaning raqamli darajasiga o'tishga imkon beradi va aviadispetcherlarning ishinin xavfsizligi va samaradorligini sezilarli darajada oshiradi.

Ma'lumotlar uzatish liniyasining asosiy provayderi Shveytsariyaning Sita kompaniyasi bo'lib, u butun dunyo bo'ylab aviatsiya sanoati uchun yuqori sifatli telekommunikatsiya va IT xizmatlari uchun tan olingan. Ayni paytda D-ATIS xizmati Toshkent va Samarqand aeroportlarida sinov tariqasida ishlamoqda.

D-ATIS tizimi raqamli aloqa tizimidan foydalangan holda ma'lumotlarni matn formatida taqdim etish orqali parvozlarni amalga oshirish uchun zarur bo'lgan muhim aerodrom va meteorologik ma'lumotlarni uzatishni avtomatlashtiradi. Amalda, bu shuni anglatadiki, ob-havo sharoiti, uchish-qo’nish yolaklarining holati va boshqa aerodrom ko'rsatkichlari to'g'risidagi ma'lumotlar endi uchuvchilar uchun dispetcherlarning ishtirokisiz mavjud bo'lib, ma'lumotlarni qabul qilish va qayta ishlash vaqtini sezilarli darajada kamaytiradi. Sun'iy yo'ldosh kanallari va ma'lumotlar uzatish liniyalari orqali raqamli uzatishga o'tish ma'lumotni tezroq va aniqroq uzatish imkonini beradi.

D-ATISning asosiy afzalliklari:

1.Ma'lumotni ekranda ko'rsatish qobiliyati, bu uchuvchilarga ovozli uzatish tugashini kutmasdan muhim ma'lumotlar bilan darhol tanishish, shuningdek, kelajakda foydalanish uchun kerakli ma'lumotlarni chop etish imkonini beradi.

2. Parvozning istalgan bosqichida va aeroportdan istalgan masofada axborot olish imkoniyati, bu esa, o’z o’rnida ovozli radiostantsiyalarning ishlashidan qat'i nazar, uchuvchiga doimiy ravishda ma'lumot kelib turishi imkoniyatini beradi.

D-ATISning joriy etilishi O'zbekiston aviatsiya infratuzilmasini yangilash, parvozlar xavfsizligini yaxshilash, uchuvchilar va dispetcherlarning ish qulayligini oshirish yo'lida muhim qadamdir.

Меню