Mazkur yig‘ilishda taqdimot namoyishi bo’lib o’tdi hamda O‘zbekiston Respublikasi aeroportlarini Indra Sistemas, S.A. tomonidan ishlab chiqarilgan uskunalar bilan jihozlash bo‘yicha kelgusi hamkorlik masalalari muhokama etildi.
Shuningdek, Termiz aeroportini rekonstruksiya qilish va O‘zbekiston Respublikasi aeroportlarida (Toshkent, Samarqand, Buxoro, Urganch) ilgari o‘rnatilgan uskunalardan foydalanish yuzasidan shartnomalarni davom ettirish bo’yicha muzokaralar olib borildi.
