description

“O’zaeronavigatsiya” Markazi DUK rahbari Doniyor Djumaev, "O'zaviatsiya" agentligi direktori Toxir Nazarov hamda Fuqaro aviatsiyasi Xalqaro tashkiloti Yevropa va Shimoliy Atlantika idorasi (ICAO) mintaqaviy direktori Nikolas Rollo o’rtasida uchrashuv bo’lib o’tdi.

Mazkur uchrashuvda O’zbekiston Respublikasida parvozlar xavfsizligi nazorati sifatli ta’minlanishi yuzasidan texnik yordam ko’rsatish masalalari muhokama etildi.

Ma’lumot uchun: 1992-yil 3-iyul O‘zbekiston Parlamenti xalqaro fuqaro aviatsiyasi to‘g‘risidagi Konvensiyani (03.07.1992-yildagi 666-XII-son Oliy Kengash qarori) ratifikatsiya qildi va 1992-yil 12-noyabrda O‘zbekiston Respublikasi xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti (ICAO)ga tegishli majburiyatlarni o‘z zimmasiga olgan holda to‘liq a’zo bo‘ldi. ICAOning asosiy vazifalaridan biri jahon fuqaro aviatsiyasida yagona dastur bo‘yicha xalqaro standartlarni ishlab chiqish va qabul qilishdir.

Меню