description

Ma’lumot uchun, HHB dispetcherlari aeroport hududida xavfsiz uchish/qoʻnishni taʼminlaydilar hamda 400 dan ortiq tranzit, 100 lab aviakompaniyalarga 24/7 kechayu kunduz, dam olish kunisiz aeronavigatsiya xizmatlarini koʻrsatadilar.

Shuningdek havo yo'llarining umumiy uzunligi 24 343 km bo'lgan va 480 000 kvadrat metrga yaqin hududda havo harakatini nazorat qiladilar.

Muntazam ravishda tibbiy ko'rikdan o'tuvchi, oliy ma'lumotga ega va xalqaro ICAO (Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti) shkalasi bo'yicha to'rtinchi darajadan past bo'lmagan ingliz tilini biluvchi malakali havo harakati dispetcherlari parvozlar xavfsizligini ta’minlaydilar.

Respublikamizda jinsidan qat’i nazar, 350 dan ortiq HHB dispetcherlari ushbu muhim va jiddiy kasb egalari hisoblanadi.

Меню