“O‘zaeronavigatsiya” Markazi DUK delegatsiyasi Ozarbayjon Respublikasining Boku shahrida bo‘lib o‘tgan Evropa va Markaziy Osiyo davlatlarining aeronavigatsiya xizmatlari provayderlari direktorlarining sammitida ishtirok etdi. Ushbu sammitda Ozarbayjon, Turkiya, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va Qozog‘iston davlatlarining aeronavigatsiya provayderlari qatnashdi. “O‘zaeronavigatsiya” Markazi DUK mazkur tashkilotga o‘tgan yilning iyun oyida kirganligiga qaramasdan, hozirgi kunga kelib CANSOning to‘laqonli a’zosi sifatida o‘zining birinchi sammitida faol ishtirok etmoqda.
Sammitning asosiy mavzusi aeronavigatsiya xizmatlari sifatini takomillashtirish, xavfsizlik, samaradorlik va salohiyatni oshiradigan hamda aviatsiya sektorining rivojini rag‘batlantiradigan birgalikdagi qo‘shma yechimlar va strategiyalarni ishlab chiqishga yo‘naltirilgan.
