description

2023-yil 27-iyun kuni “O‘zaeronavigatsiya” Markazi DUK hamda CANSO Yevropa mintaqasidagi aloqalar bo‘yicha direktori Tanya Grobotek o’rtasida O’zbekiston Respublikasi aeronavigatsiya xizmatlari provayderi CANSO tashkilotiga a’zo bo’lishi yuzasidan shartnoma imzolandi.



Mazkur Fuqaro aeronavigatsiya xizmatlari tashkiloti (CANSO) - havo harakatini boshqaruvchi kompaniyalarning vakillik organi hisoblanadi.

Ushbu tashkilot Aeronavigatsiya Xizmatini yetkazuvchi tashkilotlarning (ANSP) manfaatlarini ilgari suradi.

CANSO a'zolari dunyo bo’ylab havo harakatining 85% dan ortig'ini qo'llab-quvvatlashda mas’ul hisoblanadi, o’zining ishchi guruhlari orqali CANSO a'zolari ma'lumot almashadi hamda yer va havodagi aeronavigatsiya xizmatlarini yaxshilashda yangi siyosatlarni ishlab chiqadi.

Shuningdek, CANSO tashkiloti tartibga soluvchi va normativ forumlarda o'z a'zolarining fikrini ifodalovchi hamda Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti (ICAO) forumida rasmiy kuzatuvchi hisoblanadi.

Shubhasiz, “Oʻzaeronavigatsiya” Markazi DUK CANSO aʼzolari qatoriga kirishi muhim voqea boʻlib, aeronavigatsiya xizmatlarini koʻrsatuvchi provayderga boʻlgan ishonchdan dalolat beradi.

Shu bilan birga, ushbu quvonarli hodisa aloqalar yanada kengayib borayotganidan va “O’zaeronavigatsiya” Markazi DUK dunyodagi yetakchi provayderlar qatoriga kirishidan dalolat beradi.

Меню