description

Tanlov bitiruvchilar o‘rtasida keyinchalik Namangan, Andijon, Farg‘ona, Buxoro va Nukus HHB markazlariga ishga qabul qilish uchun o‘tkaziladi.

Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar

✅ kunduzgi ta’lim shaklida olingan "Havodagi harakatni boshqarish" yo‘nalishi bo‘yicha oliy ma’lumotga ega bo'lish;

✅ o‘zbek, rus va ingliz tillarini bilish;

✅ ICAO shkalasi bo‘yicha 4-dan past bo‘lmagan darajani tasdiqlovchi aviatsiya ingliz tili sertifikati.

Ishtirok etish uchun 2026-yil 22-oktyabrgacha hr.uzaeronavigation.com saytida so‘rovnomani to‘ldirish va shaxsni tasdiqlovchi hujjat, ilova qilingan diplom hamda aviatsiya ingliz tili sertifikatini ilova qilish lozim.

Xorijiy oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari diplomining nostrifikatsiya qilinganligini tasdiqlovchi hujjat ham talab etiladi.

❗️Belgilangan muddatda so‘rovnomani to‘ldirmagan nomzodlar ishtirok etishga qo‘yilmaydi.

Tanlov 2026-yil 23-oktabr kuni «O‘zaeronavigatsiya» Markazining O‘quv-mashq majmuasida bo‘lib o‘tadi.

Меню