description

«O‘zaeronavigatsiya» Markazi delegatsiyasi Belarus Respublikasining Minsk shahrida bo‘lib o‘tayotgan «Yevroosiyo» Muvofiqlashtiruvchi kengashining 42-yig‘ilishida ishtirok etdi.

Tadbir MDH mamlakatlari aeronavigatsiya xizmatlari provayderlari vakillarini birlashtirdi. Yig‘ilish doirasida ko‘p tomonlama hamkorlikni rivojlantirish, tajriba almashish hamda mintaqaviy havo hududida parvozlar xavfsizligini ta’minlashning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Tadbir davomida O‘zbekiston vakillari Markaz faoliyati, amalga oshirilayotgan loyihalar, so‘nggi ishlanmalar va rivojlanishning ustuvor yo‘nalishlari haqida taqdimot o‘tkazishdi.
 

Меню