25-avgust kuni O‘zbekiston Aviatsiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi tomonidan aviatsiya xodimlari o‘rtasida suzish bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi.
Unda "O‘zaeronavigatsiya" Markazi Moddiy-texnika ta’minoti va logistika bo‘limi xodimi Ibrohimov Otabek ishtirok etib, 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Hamkasbimizni g'alaba bilan tabriklab, kelgusidagi musobaqalarda yangi zafarlar tilaymiz!