description

Joriy yilning 26 avgust kuni "O'zaeronavigatsiya" Markazi DUK Toshkent shahri tarkibiy bo'linmalarining ayol xodimalari o'rtasida stol tennisi bo'yicha turnir bo'lib o'tdi.

Mamlakatimizda sog‘lom turmush tarzini hayotga keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish maqsadida sport musobaqalari muntazam ravishda o‘tkazilmoqda.

 

 

Shu bois,"O'zaeronavigatsiya" Markazi DUK tomonidan xodimlarning jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan muntazam shug‘ullanishlari, sog‘lom turmush tarzi bo‘yicha hayotiy ko‘nikmalarini shakllantirish uchun jismoniy tadbirlar samarali tashkil etib kelinmoqda.

 

 

Latofatli ayol xodimalar o'rtasida bo'lib o'tgan ushbu turnirda

1-o'rinni Sim Natalya

2-o'rinni Belonogova Tatyana

3- o'rinni Molchanova Larisa egalladilar

Barcha ishtirokchilar esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar.

Меню