description

Joriy yilning 16 fevral kuni treningni yakuniy uchinchi kunida quyidagi mavzular bo’yicha ma’ruzalar o‘tkazildi:
- Parvoz xavfsizligini boshqarish tizimi: xavfsizlikni takomillashtirish va inson omillari bo'yicha trening. Kompetensiyaga asoslangan trening;
- Parvoz xavfsizligini boshqarish tizimi: inson omillari bo'yicha trening. Xavfsizlik madaniyati. Buyruqlar resurslarini boshqarish;
- ICAO auditining qoidalari;
- ICAO auditini tashkil etish;
- ICAO auditiga tayyorgarlik.

 

 

Trening yakunida tantanali marosim bo‘lib o‘tdi, unda barcha 34 nafar ishtirokchiga quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha kursni muvaffaqiyatli tamomlaganliklari uchun sertifikatlar topshirildi:
- Parvozlar xavfsizligini boshqarish tizimi;
- Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish bo'yicha ICAO auditiga tayyorgarlik.

 

 

“Koreya Respublikasi Milliy transport universiteti” mutaxassislarining soha faoliyatiga jalb etilishi “O‘zaeronavigatsiya” Markazi DUK tomonidan Parvozlar xavfsizligini boshqarishni yanada sifatli tashkil etishda, Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkilotining (ICAO) parvozlar xavfsizligini nazorat qilish bo’yicha auditorlik tekshiruviga tayyorgarlik ko‘rishda yordam va ijobiy ta’sir ko‘rsatishi shubhasiz.

 

Меню