Ushbu NEC tashkiloti Osiyo va Tinch okeani mintaqasida havodagi harakatni boshqarish uskunalarini yetkazib beruvchi yirik kompaniyalardan biri hisoblanadi.
Tashrif jarayonida delegatsiya a’zolari Fuchuda joylashgan, NEC kompaniyasi zavodidagi ATC/NAV uskunalarni ishlab chiqarish bosqichlari bilan yaqindan tanishishdi.
Zavod vakillari mobil va statsionar radarlarni yig‘ish hamda uskunalarni buyurtmachiga jo‘natishdan oldin sinovdan o‘tkazish kabi jarayonlarni namoyish etishdi.
Shuningdek, delegatsiya a’zolari Tokio shahridagi “Haneda” aeroportida joylashgan parvozlarni radiotexnik ta’minlash vositalarining ishlash faoliyati hamda sinovdan o‘tkazilayotgan G-BAS tizimi to’g’risida ma’lumotga ega bo’lishdi.