Joriy yilning 29-noyabrdan 01-dekabr oralig’ida ICAOning Parijdagi vakolatxonasida Yevropa aviatsiya tizimini rejalashtirish guruhining (EASPG) to‘rtinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tadbirda O‘zbekiston Respublikasi nomidan “O’zaeronavigatsiya” Markazi DUK Havo harakatini tashkil etish bo’yicha direktor o’rinbosari A.I. Zaysev ishtirok etdi.
Mazkur tadbirni tashkil etishdan asosiy maqsad aeronavigatsiya sohasidagi global rejalarni amalga oshirish, submintaqaviy va milliy dasturlarni rejalashtirish, ularni muvofiqlashtirish hamda amalga oshirishda davlatlarga yordam berishdir.
EASPG yig‘ilishida 30 dan ortiq davlat vakillari, shuningdek, Xalqaro havo transporti assotsiatsiyasi (IATA), Yevropa havo navigatsiyasi xavfsizligi tashkiloti (Eurocontrol), LH SYSTEMS va JEPPESEN ekspertlari ishtirok etishdi.