Joriy yilning 26 dekabr kunidan boshlab Havo harakatini boshqarish Andijon hududiy bo’linmasida havo harakatini tashkil etish mutaxassislari uchun Andijon aerodromi hududida, kuzatuv tizimlariga asoslangan havo kemalarining parvozlarini boshqarish imkonini beruvchi “MASTER” HHB dispetcherining avtomatlashtirilgan ish joyi uskunasi doimiy foydalanishga topshirildi.
Bu, o‘z navbatida, Havo harakatini tashkil etish jarayonlarini avtomatlashtirish va Andijon aerodromi hududida parvozlar xavfsizligi darajasini oshirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi kutilmoqda.
Avtomatlashtirilgan ish joyi tizimidan malakali foydalanish va texnik xizmat ko'rsatish maqsadida HHB dispetcherlari va muhandislar zaruriy tayyorlov jarayonidan o'tkazildi.
