Toshkent davlat transport universitetida "O‘zaeronavigatsiya" Markazi direktorining "Havo harakatini boshqarish" va "Radioelektron qurilmalar va vositalar" yo‘nalishlari bo‘yicha tahsil olayotgan talabalar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Ochiq muloqot davomida talabalar Markaz faoliyati bilan yaqindan tanishish, o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berish va kelajakdagi kasb istiqbollari haqida ko‘proq ma’lumot olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.