Aeronavigatsiya sohasining bo‘lajak mutaxassislari bitiruv malakaviy ishlari va dissertatsiyalarini himoya qilishdi
«O‘zaeronavigatsiya» Markazi rahbariyati va korxona mutaxassislari Toshkent davlat transport universitetining davlat attestatsiya komissiyasi ishida ishtirok etdilar.
Avvalroq «Havodagi harakatni boshqarish» yo‘nalishi bo‘yicha bakalavriat talabalarining bitiruv malakaviy ishlari Markaz direktorining havodagi harakatni tashkil etish bo‘yicha o‘rinbosari ishtirokida qabul qilingan edi. Ishlarning mavzulari havodagi harakatga xizmat ko‘rsatishni tashkil etish, parvozlar xavfsizligini oshirish, ADS-B va havodagi harakatni boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimlarini joriy etishga bag‘ishlandi.
Magistrlik dissertatsiyalarining himoyasi esa «O‘zaeronavigatsiya» direktori ishtirokida bo‘lib o‘tdi. Magistrlantlar ish jarayonlarini optimallashtirishda sun’iy intellektdan foydalanish, shuningdek, aviadispetcherlarning ingliz tilini bilish darajasini takomillashtirishga oid tadqiqotlarni taqdim etdilar.