6-8 noyabr kunlari Toshkent aviatsiya sohasidagi ekspertlar va yetakchilarini ikkita yirik xalqaro tadbirga jamlab, ushbu sohadagi hamkorlik markaziga aylanadi. Bu yerda ICAO guruhining Marshrutlarni ishlab chiqish bo‘yicha maxsus muvofiqlashtiruvchi yig‘ilishi (RDGE-SCM/2024), shuningdek Ekspertlarning muvofiqlashtiruvchi guruhi va “Yevroosiyo” muvofiqlashtiruvchi kengashining 39-majlisi bo‘lib o‘tadi.
Mazkur uchrashuvlardan ko‘zda tutilgan asosiy maqsad – havodagi harakatni tashkil etish sohasidagi tartibga solish istiqbollari ustida birgalikda ishlashdir. Aviatsiyaga taalluqli ma’muriyatlar vakillari Havodagi harakti tashkil qilish havo hududi va u bo‘ylab o‘tadigan mashrutlarni modernizatsiya qilish borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot taqdim etadilar, havodagi harakatlar oqimini boshqarishga innovatsion yondashuvlar va uni optimallashtirish imkoniyatlarini muhokama qiladilar.
Ushbu tadbirlar mintaqada va uning sarhadlaridan tashqarida aviatsiyani rivoji uchun yangidan-yangi imkoniyatlar ochib, havo hududi tarkibiy tuzilishini yanada yaxshilash, hamda mazkur sohadagi xalqaro sheriklikni yanada mustahkamlash yo‘lida muhim qadam bo‘lib qolishi kutilmoqda.