“Samarqand, Buxoro, Urganch aeroportlarini modernizatsiya qilish” shartnomasi bo‘yicha maʼlumot

 

1996-yilda Samarqand, Buxoro, Urganch aeroportlarini modernizatsiya qilish maqsadida “O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy Avia Kompaniyasi va Aleniya Markoni Sistemz” (Italiya) kompaniyasi o‘rtasida shartnoma tuzilgan.

Loyihaning mavzusi bo‘yicha uchta aeroportni modernizatsiya qilish “O‘zaeronavigatsiya” Markazi DUKga tegishli qismi bo‘lib Samarqand, Buxoro, Urganch aeroportlarini Havodagi Harakatni Boshqarish (HHB) Markazlari binolarini qurish va jihozlash hamda radiolokatsiya, radionavigatsiya va radioaloqa uskunalarini o‘rnatishdan iboratdir. Uchta aeroportni modernizatsiya qilish loyihasi doirasida Samarqand, Buxoro, Urganch aeroportlarining yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish xizmatini oshirish, Havo Kemalarini (HK) parvoz qilish va qo‘nishni bajarishi vaqtida uchta aeroportlarni javobgarlik zonalarida havodagi harakatni boshqarishda parvozlar xavfsizligini yetarli darajada taʼminlanishi ko‘zda tutilgan.

 

Loyihani moliyalashtirilishi O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining kafolati bo‘yicha amalga oshirilgan:

- JBIC (Yaponiya) banki bilan (17.12.1996 yildagi “UZB-P3”, 14.12.1996-yildagi “UZB-P5” -sonli O‘zR Moliya vazirligining Kontraktlari).

- NBU RUz SOO NB VED RUz (09.07.1997 yildagi № 2026 va 21.12.1998- yildagi  S-3/11-2004-sonli Kontraktlari).

 

 2020-yil dekabrda  yuqorida ko‘rsatilgan Kontraktlarga  Agentlik kelishuvlari  qayta rasmiylashtirildi, unga muvofiq  «O‘zbekiston havo yo‘llari» Milliy Avia Kompaniyasining  huquqiy vorislari “O‘zaeronavigatsiya” Markazi Davlat Unitar Korxanasi va Samarqand, Buxoro, Urganch aeroportlari hisoblanadi. “O‘zaeronavigatsiya” Markazi Davlat Unitar Korxanasining  Loyiha  summasidan umumiy  ulushi  57.35%  ni tashkil  etadi.

 

Kontraktlarning faoliyat ko‘rsatish muddati:

20.06.1997-yildan  20.12.2026-yilgacha «UZB – P3» ;

20.06.2000 yildan   20.12.2029-yilgacha  «UZB – P5».

Kredit bo‘yicha asosiy  qarzni va foizlarni  to‘lash  to‘lov jadvaliga (iyun va dekabr) asosan amalga oshirilmoqda.

NBU RUz SOO NB VED RUz  oldidagi kredit majburiyatlari to‘liq bajarildi.

 

Kontraktlar bo‘yicha berilgan  imtiyoz davri:

20.06.1997-yildan  20.12.2006-yilgacha «UZB – P3»; 

20.06.2000-yildan  20.12.2006-yilgacha  «UZB – P5»

 

Kreditlar bo‘yicha foiz stavkasi:

«UZB – P3» Kontrakti uchun asosiy qarz  summasidan  kelib chiqqan holda, har yarim yilda to‘lash bilan  yiliga 2,7 % ni tashkil etadi.

«UZB – P5» Kontrakti uchun asosiy qarz  summasidan  kelib chiqqan holda, har yarim yilda to‘lash bilan  yiliga 2,2 % ni tashkil etadi.

 

           

Kontraktlarning umumiy summasi 13 375,65 mln. yapon yenini  tashkil etadi,

shu jumladan:

Asosiy   qarz  10 230,7 mln. yenini tashkil etadi

Kredit bo‘yicha foizlar  3 144,9 mln. yenini tashkil etadi.

To‘landi – 9 856 mln. yeni, shu jumladan.

Asosiy qarz  7 002 mln. yenini  tashkil etadi

Kredit bo‘yicha foizlar  2 854 mln. yenini tashkil etadi.

2021-yil 1-yanvar  holatiga  qarzdorlik qoldig‘i  3 519,6 mln. yenini tashkil etadi, shu jumladan:

Asosiy qarz  3 228,4 mln. yenini tashkil etadi.

Kredit bo‘yicha foizlar  291,2 mln. yenini tashkil etadi.

 2021 yilda jadvalga asosan 578,28 mln. yen. to‘lanishi lozim, shu jumladan:

Asosiy qarz  499,06 mln. yenini  tashkil etadi

Kredit bo‘yicha foizlar  79,22 mln. yenini tashkil etadi.

 

 

Samarqand aeroporti:

Buxoro aeroporti:

Urganch aeroporti:

Меню