“O‘zaeronavigatsiya” Markazi DUK (belgilangan jadval bo‘yicha) parvozlarni radiotexnik taʼminoti asbob-uskunalari qismida Samarqand, Buxoro, Urganch aeroportlarini modernizatsiya qilish uchun olingan kredit bo‘yicha tashqi qarzni to‘lash maqsadida qo‘yidagi pul mablag‘larining o‘tkazilishini amalga oshirdi:
Jami to‘lov miqdori – 271 488 285,42 Yapon yenasi, shu jumladan:
Asosiy qarz miqdori – 249 529 850,0 Yapon yenasi;
Kredit bo‘yicha foizlar miqdori – 21 958 435,42 Yapon yenasi.
Tashqi qarz qoldig‘i – 1 551 920 981,03 Yapon yenasi, shu jumladan:
Asosiy qarz miqdori – 1 481 688 865,0 Yapon yenasi
Kredit bo‘yicha foizlar miqdori – 70 232 116,03 Yapon yenasi.
Kreditning tashqi qarz bo‘yicha majburiyatlarning navbatdagi to‘lanish sanasi (belgilangan jadval bo‘yicha) - 2023 yil 20 dekabr.