"O'zaeronavigatsiya" Markazi DUKda Navro‘z umumxalq bayramiga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.
Yurtimizda Navro‘z bayrami mehr-oqibat, hamjihatlik, insoniylik, bag‘rikenglik va bunyodkorlik timsoli hisoblanadi.
Tadbir munosabati bilan tashkil etilgan musobaqalarda faol ishtirok etgan va tizimda o‘rnak ko‘rsatib xizmat qilayotgan xodimlar rag‘batlantirildi. Mukofotlar o‘z egalariga tantanali ravishda topshirildi.