Ushbu yig‘ilishda ellikdan ortiq davlat, shuningdek, IATA, IFALPA, IFATCA, EOROCONTROL, JEPPESEN, CANSO, ICCAIA, EASA vakillari ishtirok etmoqda. Sessiya davomida aviatsiyani rivojlantirishning quyidagi: PBN joriy etish, aeronavigatsiya tizimini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash, HHB yangi marshrutlarini joriy etish va mintaqaviy aeronavigatsiya rejalarini rivojlantirish singari yo‘nalishlari bo‘yicha ishchi guruhlar rahbarlarining ma’ruzalari tinglanadi. Ingliz tilini IKAO shkalasi bo‘yicha bilishni yanada takomillashtirish, qidiruv va qutqaruv, kiberxavfsizlik, PXBT va meteota’minot bo‘yicha ishchi guruhlarning ma’ruzalari ham katta qiziqish uyg‘otmoqda.
Yig‘ilish mobaynida fuqaro aviatsiyasi oldida turgan muhim hamda dolzarb muammo va da’vatlar muhokama qilinmoqda. Marshrutlar tarmog‘ini rivojlantirish bo‘yicha RDGE ishchi guruhi rahbarining taqdimoti doirasida navbatdagi yig‘ilish "O‘zaeronavigatsiya" Markazi DUK tomonidan joriy yilning noyabr oyida Toshkent shahrida tashkil etilganligi alohida ta’kidlab o‘tildi.
Parijdagi ofis direktori ikki yil davomida IKAO o‘z muhim yig‘ilishlarini O‘zbekiston Respublikasida a’lo darajada tashkil etgani uchun O‘zbekiston milliy aeronavigatsiya xizmatlari provayderiga chuqur minnatdorlik bildirib, darhaqiqat bu davlatimizning aeronavigatsiya tizimini rivojlantirish va modernizatsiya qilish jarayonlarini chuqurlashtirishga bo‘lgan intilishidan dalolat beradi.