description

Termiz, 10-iyul 2024-yil – “O‘zaeronavigatsiya” Markazi DUK Termiz hududiy bo‘linmasida (HB) havodagi harakatni boshqarish (HHB) minorasi yangi binosi ochilishining rasmiy marosimi bo‘lib o‘tdi.

HHB Termiz HB yangi minorasi ochilishi mazkur aerodromda dispetcherlik xizmatlarini ko‘rsatish TOWER yangi dispetcherlik punktidan turib, bitta dispetcher tomonidangina amalga oshirila boshlaydi. Minorada joylashgan yangi dispetcherlik punkti (RP) dispetcherga bir ish joyining o‘zidan turib, havo kemalarining yer yuzasidagi va havodagi harakatlari, shuningdek aerodromdagi xizmatlar ishi ustidan uzluksiz radiolokatsiyaviy va vizual monitoring o‘tkazib turishga imkoniyat beradi. Ma’lumot uchun – Termiz HB HHTE (havodagi harakatni tashkil etish) xizmati soatiga 12, bir kecha-kunduz mobaynida 264 hamda yil davomida 96 360 havo kemalariga xizmat ko’rsatishga qodir.

Ta’kidlash joizki, bundan muqaddam HHB Termiz HB barcha xizmatlari Termiz aeroportining turli binolarida joylashgan bo‘lib, bunday holat ishlab chiqarish jarayonlarini kelishtirishga juda ko‘p vaqt sarflanishiga olib kelar edi.

Balandligi 25 metr bo’lgan mazkur binoda havodagi harakatga xizmat ko’rsatish boyicha 20 nafar mutaxassis va elektrotexnika radiotexnika parvozlarini qo’llab quvvatlash bazasi xizmatidan 66 nafar mutaxassis faoliyat olib boradi. Binoning birinchi qavatida, HHTE (havodagi harakatni tashkil etish) yer usti aviatsiya aloqasi xizmatini ta’minlash uchun mo‘ljallangan, serverxona joylashgan bo‘lib, u qo‘shni dispetcherlik punktlari, HHQM (havo hujumiga qarshi mudofaa) idoralari va Samarqand havo bo‘shlig‘idan foydalanish tuman markazi, hamda Termez aerodromining, uning uzra parvozlarni ta’minlaydigan, boshqa xizmatlari bilan a’loqani ta’minlay oladi.

Ikkinchi qavatda dispetcherni havo kemalarining ekipajlari bilan aloqasini ta’minlash, radiolokatsiya kuzatuv vositalari bilan ta’minlash, shuningdek obyektiv nazorat vositalarini qayd qilish uchun mo‘ljallangan, apparatxona mavjud.

Shuningdek, ikkinchi qavatda barcha RTT (radiotexnik ta’minot) va aloqa uskunalarining ishlashga moilligini nazorat qilish, RTAFB (radiotexnika ta’minoti va aloqadan foydalanish bazasi) navbatchi mutaxassislari tomonidan ish jarayonidagi nosozliklarni bartaraf etish yuzasidan vazifalarni hal qilish uchun vaziyat markazi mavjud.

Shuni ta’kidlab o‘tmoq joizki, HHB Termiz HB zamonaviy radiolokatsiya va radionavigatsiyaga mansub ilg‘or vositalar bilan jihozlangan bo‘lib, ular qatoridan quyidagilar o‘rin olgan:

  • “Krona-T” radiolokatori;
  • Havodagi harakatni boshqarib turish uchun mo‘ljallangan, hamda Ispaniyaning “INDRA” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan, Havodagi harakatni boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimi;
  • Havo kemalarini aerodromga keltirish, havo trassalari bo‘ylab parvoz ettirish va qo‘nishga hozirlik ko‘rdirish uchun mo‘ljallangan, hamma tomonga yo‘naltirilgan (azimutal) O‘YuCh (o‘ta yuqori chastotali) VOR radiomayog‘i va masofa olisligini o‘lchovchi UYuCh (ultra yuqori chastotali) uskunalari;
  • ICAO 1 toifasi minimumi bo‘yicha qo‘nishga hozirlik ko‘rdirish uchun ILS qo‘nish instrumental tizimi.

Yangi minora mintaqa havo bo‘shlig‘idagi harakatlar samaradorligi va xavfsizligini sezilarli darajada oshirishga imkon berib, parvozlar xavfsizligini taʼminlashda xaqiqiy va mustahkam qo’rg’onga aylanadi!

Меню