Davlatimiz rahbarining har payshanba kunini “Yoshlar kuni” deb e’lon qilish to‘g‘risidagi tashabbusi doirasida joriy yil 30-aprel kuni "O‘ZAERONAVIGATSIYA MARKAZI"da rahbariyatning yosh xodimlar bilan ochiq muloqot shaklidagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida chekish va elektron sigaretlarning inson salomatligiga salbiy ta’siri hamda yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Tadbir ishtirokchilari o‘z takliflarini faol bildirdilar, o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berdilar hamda tegishli mutaxassislardan ularga to‘g‘ridan-to‘g‘ri va batafsil javoblar olishdi.