description

Ikki davlat rahbarlari tomonidan O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlik yuzasidan 2020–2030-yillarga mo‘ljallangan yo'l xaritasida qayd etilgan sohalarni  rivojlantirishga kelishib olindi. 
Shu o'rinda transport sohasida ham iqtisodiy shartnomalar imzolandi va 2 yil davomida Oʻzbekistonga Fransiya kompaniyasidan sotib olinayotgan 17 ta havo kemalari yetkazib beriladi.
“Airbus” kompaniyasi va “Uzbekistan Airways” milliy aviakompaniyasi oʻrtasida tuzilgan shartnomaga koʻra, 694,3 mln yevroga 8 ta “Airbus A-320 NEO” va 4 ta “Airbus A-321 NEO”, shuningdek, 21 mln yevroga 2 ta “Airbus N145” vertolyotlari sotib olinishi rejalashtirilgan.
Bundan tashqari, “Silk Avia” aviakompaniyasi uchun 100 mln yevroga “ATR 72-600” havo kemalari yetkazib berish boʻyicha shartnoma imzolangan.

Меню