“O‘ZAERONAVIGATSIYA MARKAZI” Namangan HHB Markazi hodimlari shu kunlarda bir nechta o‘rta ta’lim muassasalariga tashrif buyurib, yoshlarni aviadispetcherlik va avia muhandislik kasblari bilan tanishtirdilar.
Oliy o‘quv yurti kirish imtixonlariga tayyorgarlik ko‘rayotgan bitiruvchi yoshlarni aviatsiya sohasining navigatsiya, lokatsiya, aloqa yo‘nalishlari haqida ma’lumotlar berildi. O‘quvchilarda paydo bo‘lgan turli savollarga javoblar berildi.