description

Joriy yilning 12-sentabr kuni “O‘zaeronavigatsiya” Markazi DUK va KAC (Korean Airports Corporation) korporatsiyasi vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

KAC Janubiy Koreya davlat kompaniyasi boʻlib, 14 ta hududiy aeroportlarni kompleks boshqish, aeroportlardan foydalanish, qurilish bilan bog’liq bo’lgan texnik jihatlarni tadqiqot va tahlil qilish, aeroport obʼyektlarini boshqarish hamda ulardan foydalanish, aviatsiya xodimlarini malakasini oshirish kabi masalalar bilan shugʻullanadi.

 

 

 

Shuningdek, KAC aeronavigatsiya uskunalarini yetkazib beruvchi yirik korxona hisoblanadi.

Mazkur uchrashuvda korxonalar o‘rtasida “O‘zaro anglashuv va hamkorlik memorandumi” imzolandi.

Muzokaralar davomida “O‘zaeronavigatsiya” Markazi DUK mutaxassislarini qayta tayyorlov kurslarida o’qitish, Markaz muhandis-texnik xodimlari bilan nosozliklarni bartaraf etish uchun operativ yordam ko‘rsatish bo’yicha hamkorlikni yanada rivojlantirish yuzasidan takliflar ko’rib chiqildi.

 

 

 

Shu bilan birga, konsalting xizmatlari sohasida hamkorlikning keyingi bosqichlari muhokama qilindi.

Uchrashuv so’ngida KAC delegatsiya a’zolari Islom Karimov nomidagi Toshkent aeroporti hududida joylashgan “O‘zaeronavigatsiya” Markazi DUK obyektlari bilan yaqindan tanishishdi.

 

 

Меню